13 noy 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Saken Bibosinov Hasanboydan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
Qozog'istonlik bokschi Saken Bibosinov Hasanboy Do'smatovdan uchralgan mag'lubiyatga o'z munosabatini bildirdi.
"Yaratganning inoyati bilan ikkinchi o'rinni oldim. Biroq jangda xatolar qildim va buni tan olaman. Jang uchun ko'rsatmalarni to'liq bajara olmadim. Umid qilamanki, oldindagi turnirlarda bu takrorlanmaydi. Men kuchliroq bo'lib qaytaman. Do'smatov bilan o'zaro to'qnashuvimiz 1:1 ko'rinishiga keldi. Endi Toshkentdagi jahon chempionatiga tayyorlanaman va undan oldinga o'tib ketishga umid qilaman. Qozog'iston bayrog'ini yuqoriga ko'taraman. Menimcha, yuqorilash uchun bir marta yiqilish kerak edi", - dedi Saken Bibosinov.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar