09 may 12:16
Yangiliklar
Saken Bibosinov mag'lubiyatga izoh berdi
“Afsuski, chempionat men uchun juda erta yakunlandi. Bu erga o'z nomimni yozishga kelgandim, ammo... Men mag'lub bo'ldim, agar kimdirni aybdor qilmoqchi bo'lsangiz, o'sha men bo'lay. 2022 yilning so'nggida jiddiy jarohat oldim va shundan so'ng jarrohlik amaliyotini boshimdan o'tkazdim. Menda tayyorgarlik uchun etarli vaqt bo'lmagan bo'lishi mumkin. O'zimni oqlash niyatida emasman.
Balki, kimdir meni pul uchun ushbu turnirga kelgan deb ham o'ylashi mumkin, lekin mening bosh maqsadim mamlakatim bayrog'ini balandga ko'tarish edi. Ammo har doim hamma narsa ham sen istaganingdek bo'lavermaydi. Endi xatolar ustida ishlashim kerak va kelajakda yanada kuchli bo'lib qaytishim lozim”, - dedi Saken.
Fikrlar