14 iyu 15:21
Yangiliklar
Saken Polatov va Aziz Komilov - MOQning yangi vice-prezidenti!
Kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala tashkilotga yangi vice-prezidentlar saylashdan iborat edi. Yig'ilishda jami 32 delegatlar 30 nafari qatnashdi. SHu kungacha vice-prezident sifatida faoliyat yuritgan Ahmadjon Rahimov va Komil Ro'ziev o'z xohishiga ko'ra lavozimini tark etdi.
MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov ularning o'rniga O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov hamda O'zbekiston boks federaciyasi raisiniing birinchi o'rinbosari Saken Polatov nomzodini ilgari surdi. Ko'rsatilgan nomzodlar bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi.
SHu tariqa, Aziz Kamilov va Saken Polatov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining vice-prezidenti sifatida faoliyat olib boradigan bo'ldi.
Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, MOQ ijroqo'm azolari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Fikrlar