So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

19 dek 14:59
Yangiliklar

Boshqalar

Samarqand pahlavoni - Ikrom SHaripov!

Erishgan natijalari sabab o'zbek sporti dovrug'ini dunyoga yanada tanitayotgan atletlarimiz haqidagi turkum maqolalarimizni taqdim etishda davom etamiz.

Bu galgi qahramonimiz armrestling bo'yicha terma jamoamiz azosi, ko'plab xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindori Ikrom SHaripov bo'ladi. 

Ikrom SHaripov - 2005 yildan armrestling bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoa azosi, ko'pkara Respublika chempionati g'olibi, xalqaro toifadagi sport ustasi. Uning fidokorona mehnati va jismoniy mahorati sabab jahon arenalarida yuksak natijalarga erishgan. Ikki karra jahon chempionati g'olibi Yusup Kadirov rahbarligida viloyat, Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.  

2016 yilning 26-30 aprel kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etib, oltin medal soxibi bo'ldi. 2021 yil 17-21 avgust kunlari Qozog'istonning Almati shahrida tashkil etilgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida ikki karra Osiyo chempioniga aylanib, milliy terma jamoamizning yuqori o'rinlarni egallashiga hissasini qo'shdi.

2023 yili Samarqand shahrida o'tkazilgan Osiyo kubogi g'olibiga aylandi. SHuningdek, Ikrom SHaripov bir qator nufuzli xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, muvaffiyatlarga erishdi.

2022 yil 26-27 fevral kunlari CHexiya davlatida o'tkazilgan GOLEMS HAND xalqaro turnirida bronza medali sovrindori, 2023 yil 20-21 mart kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida o'tgan U.A.G TOKYO OPEN ananaviy xalqaro turnirda bronza hamda 2023 yil 26-27 may kunlari Yangi Zelandiyaning Oklend shahri mezbonlik qilgan nufuzli IRON HAND NEW ZEALAND OPEN xalqaro turniri oltin medaliga sazovor bo'lgan.

Ikrom SHaripov etakchi sportchi bo'lishiga qaramasdan, O'zbekiston armrestling federaciyasining Samarqand filiali bo'limida murabbiy lavozimida ishlayapti. Sport klub guruhi asosan Jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar tashkil qilingan bo'lib, para-armrestling milliy terma jamoasiga etakchi sportchilarni tayyorlashda o'z xissasini qo'shdi.  

SHu davr ichida uning shogirdlaridan Qudrat Toshboev shu yilning 24 avgustidan 3 sentyabriga qadar Qozog'istonning Almati shahrida o'tkazilgan para-armrestling (Jismoniy imoniyati cheklangan sportchilar) bo'yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qo'lga kiritdi.  

Ikrom SHaripovning sportda erishgan yutuqlari uchun Samarqand viloyati hokimligi, O'zbekiston armrestling federaciyasi, Osiyo armrestling federaciyasi hamda xalqaro armrestling federaciyasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing