So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

04 may 13:55
Yangiliklar

Tadbirlar

Samarqandda sport faxriylari yodga olindi va ezozlandi

Samarqand shahridagi sport yakka kurashi bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sport faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi.

“Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat”, “Etibor va g'amxo'rlik – insoniy burch” shiorlari ostida tashkil etilgan tadbirda 300 nafardan ortiq jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro sport musobaqalarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar va ularning ustoz murabbiylari ishtirok etdi.

Tadbirda so'z olganlar tomonidan viloyatimiz sportini dunyoga tanitgan sport faxriylarining hayoti faoliyati yodga olindi va hozirda yosh avlodga sport sirlarini o'rgatib kelayotgan faxriy murabbiylar ezozlandi.

 

– Ustozlik sharafini o'zim hozirda ustoz bo'lganimda his etmoqdaman, – deydi Osiyo o'yinlari chempioni Mo'minjon Abdullaevning ustozi SHarof Mamatqulov. – Bugungi tadbirda ham sport sohasida doim maslahat beradigan va qo'llab-quvvatlab kelayotgan faxriy ustozlarim Yo'ldosh Iskanov va Rabbim Tashanovlar bilan o'rtoqlashdik va sport tadbirlaridagi qiziqarli voqealarni esladik.

Ushbu o'tkazilgan tadbirda 2019 yilning may oyi butun respublikada “Sport oyligi” deb elon qilinganligi viloyatda bir qator sport musobaqalari, ommaviy yugurish marafonlari va taniqli sportchilar ishtirokida “Master klass”lar tashkil etilishi rejalashtirilganligi aytib o'tildi.

Tadbirda viloyat hokimining o'rinbosari R.Qobilov va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing