26 may 13:41
Yangiliklar

Samarqandda triatlon bo'yicha Jahon kubogi bo'lib o'tdi
Bu haqda O'zbekiston triatlon federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"24 may kuni bo'lib o'tgan bu start shunchaki poyga bo'lmadi – bu O'zbekistonda va butun Markaziy Osiyoda triatlon rivoji uchun tarixiy bosqich bo'ldi. Butunjahon triatlon taqvimi doirasida O'zbekistonda ikkinchi marotaba o'tkazilayotgan bunday miqyosdagi xalqaro musobaqa jahon sporti xaritasida mintaqaning ahamiyati tobora ortib borayotganini takidlab, tashkilotchi sifatida O'zbekiston triatlon federaciyasiga bo'lgan ishonch ramzidir.
Musobaqada Buyuk Britaniya, Germaniya, Franciya, Belgiya, Qirg'iziston, Qozog'iston, Avstriya, Vengriya, Italiya va boshqa ko'plab davlatlardan 35 dan ortiq xorijiy sportchilar ishtirok etdi. O'zbekistonga jami 150 nafarga yaqin xorijlik sportchi tashrif buyurdi.
NATIJALAR
Triatlon bo'yicha jahon kubogi elita erkaklar:
1-o'rin – franciyalik Maksim Xyuber-Musbrugger
2-o'rin – vengriyalik Marton Kropko
3-o'rin – kanadalik Mathis Bolieu.
NATIJALAR
Triatlon bo'yicha jahon kubogi elita ayollari:
1-o'rin — Diana Isakova – yakka tartibda neytral sportchi
2-o'rin — franciyalik Lea Koninks
3-o'rin — italiyalik Kostansa Arpinelli.
Triatlon bo'yicha jahon kubogida O'zbekistondan to'rt nafar sportchi ishtirok etdi: Alina Hakimova, Quindos Jeremi, Aleksandra Kurishov va Kamran Xo'jaev", deyiladi tashkilot xabarida.
Fikrlar