So’nggi yangiliklar

12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 22:41Ислам Махачевнинг спарринг шериги UFC'да дебют қилди 0 22:08UFC Абу-Даби. Ризван Куниев америкалик рақибини аямади 0 21:40Узоқ кутилган Абубакар Вагаев — Сайгид Изагахмаев жанги тўлиқ давом этди 0 20:56Гусковнинг дўсти Вальтер Уокер Абу-Дабида октагонга кўтарилди 0 20:49Ҳумоюн Тўхтамуродовнинг 44 яшар бразилиялик рақибга қарши жанги бир дақиқадан кўпроқ давом этди 0 20:19UFC Abu-Dhabi турнирининг асосий жангларидан бири бекор қилинди 0 19:38Хамзатнинг жамоадоши Магомед Тучалов UFC'даги дебют жангини ўтказди 0 19:08Хабибга қиёфадош тожикистонлик Нурулло Алиев UFC Abu-Dhabi турнирида жанг қилди 0

01 okt 12:47
Yangiliklar

Triatlon

Samarqandda triatlon bo'yicha O'zbekiston kubogining final bosqichi bo'lib o'tdi

Teglar :  SamarqandTriatlon
2019 yil 28 sentabr kuni Samarqand shahridagi Respublika eshkak eshish kanali hududida O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti tomonidan O'zbekiston Triatlon Federaciyasi ko'magida triatlon bo'yicha O'zbekiston kubogining uchinchi final bosqichi tashkil etildi.

Musobaqada respublikaning barcha viloyatlaridan 103 sportchi ishtirok etdi. Musobaqalar uch yosh toifasi bo'yicha o'tkazildi: 16-18 yosh (o'smirlar), 19-21 yosh, 22 va undan katta. O'smirlar sprint masofasi: 750 metr suzish, 20 km velosport va 5 km yugurish, 19 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar esa olimpiya masofasi: 1,5 km suzish, 40 km velosiped va 10 km yugurish masofasini bosib o'tdilar. Takidlash joiz, triathlon bo'yicha O'zbekiston kubogi tarixida birinchi marotaba paratriatlonchi ishtirok etdi: Andijon viloyatidan Rustamjon Sotiboldiyev musobaqa doirasida sprint masofasini bosib o'tdi.

Uch bosqich natijalariga ko'ra, 2019 yilda triatlon bo'yicha O'zbekiston kubogi g'oliblari aniqlandi. Umumjamoa hisobida Toshkent shahri terma jamoasi g'alaba qozondi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari jamoalari egalladi.

Musobaqalar eng kuchli triatlonchilarni aniqlash maqsadida o'tkazildi va uning natijalariga ko'ra xalqaro startlarda ishtirok etish uchun O'zbekiston terma jamoalarini shakllantirish rejalashtirilgan.

Triatlon – bu uch bosqich: suzish, velopoyga va yugurishni to'xtovsiz va ketma-ket o'tishdan iborat bo'lgan multisport poygasi.

Triatlon bo'yicha O'zbekiston kubogining 3-final bosqichi natijalari


Kategoriya

Masofa

O'rinlar

G'oliblar

Jamoa

Vaqt

Erkaklar

1997+

Olimpiya

1-o'rin

Valeriy Ponomarenko

Toshkent shahri

2:16:48

2-o'rin

Abubakir Oxunjonov

Andijon viloyati

02:32:58

3-o'rin

Musever Salimov

Samarqand viloyati

02:42:05

Ayollar

1997+

Olimpiya

1-o'rin

Alina Hakimova

Navoiy viloyati

02:29:14

2-o'rin

Gulnora Ahmedova

Surxandaryo viloyati

02:55:54

Erkaklar

1998-2000

Olimpiya

1-o'rin

Arslon Tursunov

Qashqadaryo viloyati

2:10:53

2-o'rin

Umidbek Alimov

Toshkent shahri

2:14:43

3-o'rin

Jahongir Samiyev

Qarshi BO'SM

02:23:41

Ayollar

1998-2000

Olimpiya

1-o'rin

Zulayho Nurullayeva

Navoiy viloyati

2:43:58

2-o'rin

Latofat Sodiqova

Toshkent shahri

2:53:58

Erkaklar

2001-2003

Sprint

1-o'rin

Kamron Xodjaev

Toshkent shahri

1:06:42

2-o'rin

Ruslan Karnilov

SHayxontohur O'STK

1:08:58

3-o'rin

Qobiljon Muhamedov

Andijon viloyati

1:09:51

Ayollar

2001-2003

Sprint

1-o'rin

Sevara Boboqulova

Qashqadaryo viloyati

1:22:06

2-o'rin

Arina Mirzabekova

Toshkent shahri

1:24:55

3-o'rin

Maftuna Pardaeva

Jizzax viloyati

1:28:28




Triatlon bo'yicha O'zbekiston kubogidagi jamoaviy natijalar

O'rin

Jamoa

Hisoblar yig'indisi

1

Toshkent shahri

488

2

Navoiy viloyati

346

3

Qashqadaryo viloyati

276



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing