16 apr 19:46
Yangiliklar

Sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining uchinchi kuni: o'smirlarimiz 8 ta oltin medalga ega chiqishdi
Bugun, 16 aprel kuni chempionatning uchinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi. Kun davomida o'smirlar o'rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi va umumiy hisobda 16 ta vaznda medallar jamlanmasi o'z egalarini topdi. Kun yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik o'smirlar 8 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Sovrindorlarimiz ro'yxati bilan tanishing:
Oltin:
-47 kg: Vazira Nurullaeva
-65 kg: SHahzoda Isoqboeva
-72 kg: Dilnozaxon Kaimova
-64 kg: Davlatjon Kozimov
-71 kg: Muhammadyusuf Yusufjonov
-79 kg: Muhammadjon Yusupov
-88 kg: SHohjahon G'olibov
-98 kg: Saidahmad Ravshanov
Kumush:
-54 kg: Iroda Savronova
+80 kg: Xulkar Jo'raeva
+98 kg: Alisher Rasulov
Bronza:
-50 kg: SHaxnoza Baltanova
-59 kg: Gulasal Obloqulova
-80 kg: Kamola Vafoqulova
-53 kg: Gamzat Maksetbaev
O'zbekistonlik sambochilarning musobaqa davomida qo'lga kiritgan medallari:
1-kun: 14 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza
2-kun: 10 ta oltin, 4 ta bronza
3-kun: 8 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar