17 apr 10:37
Yangiliklar
Sambo

Sambo. Bugun Osiyo-Okeaniya chempionatida yoshlar o'rtasidagi bahslar o'tkaziladi
Bugun poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining to'rtinchi kun bahslari tashkil etiladi.
Kun davomida 2005-2007 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi bahslar (18-20 yosh) bo'lib o'tadi.
O'g'il bolalar va qizlar sambo yo'nalishida 7 tadan, jangovar sambo yo'nalishida ham 7 tadan, umumiy hisobda 28 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradilar.
O'g'il bolalar: -58 kg, -64 kg, -71 kg, -79 kg, -88 kg, -98 kg, +98 kg.
Qizlar: -50 kg, -54 kg, -59 kg, -65 kg, -72 kg, -80 kg, +80 kg.
O'g'il bolalar, jangovar sambo: -58 kg, -64 kg, -71 kg, -79 kg, -88 kg, -98 kg, +98 kg.
Qizlar, jangovar sambo: -50 kg, -54 kg, -59 kg, -65 kg, -72 kg, -80 kg, +80 kg.
Bahslar "Yunusobod" sport majmuasida 10:00dan boshlab start oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar