26 iyu 08:23
Yangiliklar
Sambo
Sambo. Osiyo-Okeaniya chempionatini medallar shodasi bilan boshladik
Filippin poytaxti Manila shahrida sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati start oldi.
Kecha musobaqa doirasida o'smirlar o'rtasidagi bahslar bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston terma jamoasi azolari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Terma jamoamiz safidagi sovrindorlar ro'yxati bilan tanishing:
Oltin:
-71 kg: Davlatjon Kozimov
-79 kg: Abdulloh Rahmonov
+98 kg: Saddam Qurbonov
-54 kg: Hidoyat Do'sbekova
Kumush:
-98 kg: Muhammadjon Yusupov
-59 kg: Ruxshona Azimova
Bronza:
-53 kg: Dilmurod Do'stmurodov
-58 kg: Vladislav Tyo
-64 kg: Bexruzbek Rahimov
-65 kg: Marjona Hazratqulova
-72 kg: Nargiza Halimova
Bugun musobaqada yoshlar o'rtasidagi bellashuvlar o'tkazilmoqda.

Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar