15 sen 07:57
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimiz Janubiy Koreyada o'tkazilgan xalqaro turnirda 3 ta oltin medalga sazovor bo'lishdi
12-13 sentyabr kunlari Koreya Respublikasining CHonnan shahrida sambo bo'yicha xalqaro "Korean Open" turniri bo'lib o'tdi.
12 ta davlat ishtirok etgan ushbu musobaqada O'zbekiston sambochilari 3 ta oltin va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Sovrindor hamyurtlarimiz ro'yxati:
-71 kg: Zafar Musulmonov (oltin)
-79 kg: Humoyun Mardonov (oltin)
-98 kg: Dilshod Ziyodullaev (oltin)
-79 kg: Saidaliakbar Yusupov (bronza).
Musobaqada xalqaro toifadagi hakam Ulug'bek Rahmonov delegaciyamiz rahbari sifatida ishtirok etdi.

Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar