03 may 20:43
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimiz Osiyo Ochiq chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda yakunlashdi
Xabar berib o'tganimizdek, Qozog'istonning Atirau shahrida sambo bo'yicha Osiyo ochiq kubogi bo'lib o'tdi.
Bugun musobaqada ikkinchi kun bellashuvlari tashkil etildi.
Quvonarlisi, mazkur turnirning ikkinchi kunida sambochilarimiz 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo'lga kiritishdi.
Terma jamoamiz safida -64 kg vazn toifasida Imronbek Xadjibekov, -79 kg vaznda esa Taras Buchincev oltin medalni qo'lga kiritdi. -53 kg vaznli Gamzat Maxsetbaev esa kumush medalga sazovor bo'ldi.
Kechagi kun bellashuvlarida sambochilarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishgandi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi musobaqani umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda yakunladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur turnirda 10 ta mamlakat sambochilari ishtirok etishdi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar