11 fev 08:57
Yangiliklar
Velosport
Samira Ismoilova U23 yosh toifasida Osiyo chempioniga aylandi
Veloshosse bo'yicha Saudiya Arabistonida tashkil etilayotgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz hisobiga oltin medal yozildi.
U23 yosh toifasida ishtirok etgan Samira Ismoilova mazkur medal sohibasi bo'ldi.
Hamyurtimiz 109,2 km masofaga kechgan guruh poygasi dasturida marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi va jamoamizga qimmatli medalni taqdim etdi.




Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar