25 fev 13:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonov 28 fevral kuni revansh jangida ringga ko'tariladi
Professional boksda faoliyat olib borayotgan charm qo'lqop ustamiz Sanjar Rahmonov navbatdagi jangini 28 fevral (Toshkentda 29 fevral tongi) kuni o'tkazadi.
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan ushbu jangda Rahmonovga tanzaniyalik Idd Pialari raqiblik qilishi aytilgan edi. Lekin Sanjarning raqibi o'zgardi va endi u 10 raundlik jangda amerikalik Keyt Xanterga qarshi ringga chiqadi. Bu jang Rahmonov uchun revansh maqomida bo'ladi. Hamyurtimiz 2019 yilning 5 aprel kuni Xanterga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi.
Malumot uchun, Sanjar shu kungacha prof boksda 15 ta jang o'tkazgan va ularning 12 tasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Ikkita jangda mag'lub bo'lgan va yana bir bahs durang bilan yakunlangan. Xanter esa 11 ta jangning barchasida zafar quchgan. Hisobida 7 ta nokutli g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar