28 fev 09:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonov ertangi revansh jangi oldidan taroziga chiqdi + FOTO
Professional bokschimiz Sanjar Rahmonov ertaga tong saharda faoliyatidagi 16-jangini o'tkazadi.
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan ushbu jangda Rahmonovga amerikalik Keyt Xanter raqiblik qiladi. O'n raundga mo'ljallangan jang Rahmonov uchun revansh maqomida bo'ladi. Hamyurtimiz 2019 yilning 5 aprel kuni Xanterga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Bugun har ikki bokschi tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi va belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Malumot uchun, Sanjar shu kungacha prof boksda 15 ta jang o'tkazgan va ularning 12 tasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Ikkita jangda mag'lub bo'lgan va yana bir bahs durang bilan yakunlangan. Xanter esa 11 ta jangning barchasida zafar quchgan. Hisobida 7 ta nokutli g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar