03 mar 07:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonov mag'lubiyatiga izoh berdi
Professional bokschimiz Sanjar Rahmonov amerikalik Keyt Xanterga qarshi kechgan jangi haqida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblangan charm qo'lqop ustamiz shanba kuni Xanterga qarshi kechgan revansh jangida raqibiga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
"Men uchun duoda bo'lganlarning barchasidan minnatdorman. O'n raundlik jangim juda murosasiz kechdi, shuningdek boks oqshomining eng chiroyli jangi deb tan olindi. Ozgina texnik xatoliklar va kamchiliklar sababli revansh jangida imkoniyatni boy berib qo'ydim. Lekin bu keyingi bo'ladigan janglarim uchun katta qadam hamda etarlicha tajriba bo'ladi deb o'ylayman", - dedi Rahmonov.
Malumot uchun, bu Sanjar Rahmonovning prof ringdagi uchinchi mag'lubiyati bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar