09 noy 08:24
Yangiliklar

Sanjar Tursunov AQSHda prof ringdagi ilk jangini o'tkazdi + FOTO
Biz uchun muhimi, ushbu boks oqshomida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi ringga ko'tarildi. Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Sanjar Tursunov professional boksdagi debyut jangini o'tkazdi.
Rossiyaning “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Tursunovning raqibi meksikalik Migel Kubos bo'ldi. Sanjar to'rt raundga mo'ljallangan jangning ikkinchi raundida raqibini nokautga uchratdi va debyutini g'alaba bilan boshladi.
Malumot uchun, 29 yoshli Kubos faoliyati davomida 31ta jang o'tkazgan. Bu janglarning 11tasida g'alaba qozongandi. Sakkizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Mag'lubiyatlari soni bugun 20taga etdi. Bugungisi bilan qo'shib hisoblasa, 9ta jangda nokaut bo'lgan.
Fikrlar