07 mar 14:50
Yangiliklar

Sanjar Zokirov ertaga oktagonga chiqadi. U raqibi bilan yuzma-yuz keldi (VIDEO)
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqada o'zbekistonlik yosh MMA jangchisi Sanjar Zokirov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Lumpinee Boxing Stadium majmuasida tashkil etiladigan turnir doirasida Zokirovga Indoneziya vakili Eko Roni Saputra raqib bo'ladi. Jang MMA qoidalari bo'yicha 3 raund etib belgilangan. Jang Toshkent vaqti bilan ertaga soat 6:00 dan so'ng boshlanishi kutilmoqda.
Malumot o'rnida, 21 yoshli Sanjar prof faoliyati davomida hozirga qadar 11 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Aralash yakkakurash ustamiz hozirda ONE FC'ning minimal vazn toifasi reytingida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Taqqoslash uchun, 33 yoshli Eko Roni Saputra hisobida 7 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor.
Fikrlar