08 mar 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Zokirov ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi
Tailandning Bangkok shahrida MMA, greppling va muay-tay bo'yicha ONE Fight Night 29 turniri bo'lib o'tdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, oqshom doirasida yosh aralash yakkakurash ustamiz Sanjar Zokirov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Lumpinee Boxing Stadium majmuasida tashkil etilgan turnirda Zokirovga Indoneziya vakili Eko Roni Saputra raqib bo'ldi.
Jang MMA qoidalari bo'yicha 3 raund etib belgilangandi. Zokirov ikkinchi raundda ketma-ket zarbalar natijasida raqibini nokautga uchratdi. Bu 21 yoshli hamyurtimizning faoliyatidagi 14-g'alabasi bo'ldi. Hisobida mag'lubiyat ham, durang ham yo'q. Bugungi g'alabasi uni UFC ligasiga yaqinlashtirgan bo'lsa ne ajab. 33 yoshli Eko Roni Saputra esa bugun to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 7 g'alaba ham bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar