29 fev 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjarbek Rahmonov Xanterga qarshi revansh jangini o'tkazdi
Professional bokschimiz Sanjarbek Rahmonov Las-Vegasda amerikalik Keyt Xanterga qarshi revansh jangini o'tkazdi.
10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Yakunda g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi va unga ko'ra hakamlar bir ovozdan 97-92, 98-91, 98-91 Xanter g'alaba qozonganini qayd etishdi.
Bu Rahmonov uchun faoliyatidagi 16-jang edi. U shu kungacha 12 ta jangda g'alaba qozongan (6 ta nokaut). 1 marta durangga erishgan. Bugungi jangdan so'ng mag'lubiyatlari soni 3 taga etdi.
Qayd etish lozimki, bokschilar 2019 yilning 5 aprelida o'zaro jang qilishgandi va o'shanda hakamlarning shubhali qarori evaziga Keyt Xanter g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar