25 jan 13:43
Yangiliklar

Sanjarbek Rahmonovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi
Bokschimizning Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda navbatdagi jang 28 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilishini malum qildi.
O'sha kuni hamyurtimizga tanzaniyalik Idd Pialari raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Sanjar shu kungacha prof boksda 15 ta jang o'tkazgan va ularning 12 tasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). 2 ta jangda mag'lub bo'lgan va 1 ta durang qayd etgan. Pialari esa bu borada tajribaliroq va reytingi ham nisbatan yuqori. U prof boksda 32 ta jang o'tkazib, ularning 27 tasida g'alaba qozongan (20 ta nokaut). 4 marotaba mag'lub bo'lgan (3 ta nokaut). 1 marotaba durangga erishgan.
Etiborli jihati, u mag'lubiyatlaridan birini Qudratillo Abduqahhorovdan qabul qilib olgan.
Fikrlar