18 iyu 09:49
Yangiliklar

Sankt-Peterburg turnirining so'nggi kuni 6 ta medal qo'lga kiritdik, 3 tasi oltin + FOTO
Uch kun davom etgan hamda sakkiz mamlakatning 2005-2007, 2008-2009 yillarda tavallud topgan dzyudochilari qatnashgan musobaqada yurtimiz sharafini Tohir Fayziev va O'lmas Gulliev murabbiyligidagi o'smir va yoshlarimiz himoya qilishdi.
Xalqaro turnirning so'nggi kuni dzyudochilarimiz uchun omadli va sermahsul bo'ldi. Murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida qizlarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Laziza Haydarova (-40 kg), Umidaxon Burxonjonova (-44 kg), Xurshida Razzoqberdieva (-63 kg) oltin, So'g'diyona Rafkatova (-52 kg), Aselxan Aralbaeva (-57 kg) kumush, Barchinoy Qodirova (-70 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Sankt-Peterburgdagi xalqaro turnirni 3 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan yakunladi.
Fikrlar