25 fev 07:01
Yangiliklar
Saralash orqali asosiy to'rga chiqqan Timofeeva 57-raketkaga munosib qarshilik ko'rsatdi
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva musobaqaning saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, asosiy to'rga yo'llanma olgan edi. U saralashning 1/2 finalida argentinalik Martina Taborda Kapurroni 6/4, 6/1, final bahsida esa yana bir argentinalik tennischi Mariya Lurdes Karlni 6/3, 6/3 hisobida taslim etgandi.
Biroz avval yakuniga etgan asosiy to'rning 1/16 final bosqichida vakilamiz polshalik Magdalena Frenxga qarshi kortga chiqdi. Frenx ayni paytda dunyoning 57-raketkasi bo'lib turibdi. Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan uchrashuvda tajriba o'z so'zini aytdi. Magdalena 6/4, 7/6(6) hisobida qiyinchilik bilan g'alaba qozonib, 1/8 finalga yo'l oldi.
Taqqoslash uchun, Timofeeva WTA reytingida 154-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ikki yil avval Qatarda o'tgan ilk to'qnashuvda polshalik tennischi uch set natijasiga ko'ra ustun kelgan edi.

Fikrlar