14 noy 13:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Sardorbek Ro'ziev Octagon 81 turniri bonusini qo'lga kiritdi
8 noyabr kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 81 turniri bo'lib o'tgandi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Sardorbek Ro'ziev Tojikiston vakili SHodmon Davlatovga qarshi bahs olib borib, raqibini birinchi raunddayoq nokaut orqali taslim etgandi. Bu g'alaba Ro'zievga Liga bonusini taqdim etgan.
Tashkilot odatda mazkur bonus summasi qancha ekanini keng ommaga elon qilmaydi. Lekin Olamsport.com sayti manbalariga ko'ra bonus miqdori 200 dollarni tashkil etadi.

Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar