09 jan 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Saudiya Arabistoni UFCga aloqador kompaniya bilan birga boks ligasini ochmoqchi
Saudiya Arabistoni suveren fondi yangi boks ligasi tashkil etmoqchi.
Ligani tashkil etish g'oyasi Dana Uayt va TKO kompaniyasiga tegishli. TKO UFC va restling ligasi WWEga egalik qiladi.
Bokschilar ishtirokidagi turnirlar Saudiya Arabistoni, AQSH va Evropa bo'ylab tashkil etiladi.
Saudiya Arabistonining suveren fondiga qarashli kompaniyalardan biri yangi tashkilotni moliyalashtirishga tayyor. TKO esa yiliga 30 million dollar olib, boshqaruv funkciyalarini bajaradi.
Havola :
Manba : The New York Times
Fikrlar