20 apr 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Bivolga yutqazganining sabablarini aytdi
Meksikalik yulduz bokschi Saul "Kanelo" Alvares yarim og'ir vazn toifasi chempioni Dmitriy Bivolga qarshi jangdagi mag'lubiyati sabablarini ochiqladi.
"O'sha jangda men o'z salohiyatimning faqat 50 foizini namoyon eta oldim. Jismoniy holatim yaxshi emasdi, chunki jarohat bor edi. Urushish uchun zarba bera olmasdim, lapa bilan ishlay olmasdim, sparringlar o'tkaza olmasdim. Siz Aleks Gvozdikdan so'rashingiz mumkin (Bivolga qarshi jang oldidan Alvaresning sparring sheriklaridan biri), u menga shu jangga tayyorgarlikda yordam berdi. Men bir oy davomida qo'limdagi muammo tufayli sparring qilmaganman", — deya takidladi Alvares The Ring nashriga.
Havola :
Manba : talkSport
Fikrlar