19 fev 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Gennadiy Golovkin bilan uchinchi jangga rozilik berdi
O'rta vaznda WBA Super kamari sohibi Saul Alvares IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin bilan uchinchi marotaba jang qilmoqchi.
Kanelo ushbu jang supero'rta vazn toifasida bo'lishini istamoqda. Ushbu jangni tashkil etishga DAZN striming platformasi ham qiziqish bildirmoqda. DAZN har ikki bokschi ishtirokidagi janglarni translyaciya qilib keladi. Bahs sentyabr oyida tashkil etilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Golovkin va Alvares bungacha ikki marotaba ringda to'qnash kelgan. Birinchi jangda durang qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi jangda hakamlar Saul Alvaresning g'alabasini qayd etishgan.
Havola :
Manba : twitter.com/MikeCoppinger
Fikrlar
Бектемир Худо хохласа буни нокаут килади хали