12 iyu 14:47
Yangiliklar
Saul Alvares golf ustasimi yoki boks?
Avvalroq, Oskar Saulning golf tufayli kam shug'ullana boshlagani va bu Dmitriy Bivol bilan jang natijasiga tasir qilganini aytgan edi.
"Haqiqat baribir haqiqatligicha qoladi. Men barchasini ko'rganman, Kaneloning golfni juda ko'p o'ynashini bilaman. Men hazillashmayapman. U tez-tez golf o'ynaydi. Men ham janglardan bo'sh vaqtimda o'ynab turaman, bu ko'p kuch talab etadi. Jangchi koncentraciyani saqlab qolishi darkor", - deb aytib o'tgan edi promouter.
Meksikalik bokschining bunga javobi esa quyidagicha bo'ldi.
"Yo'q-yo'q... men mag'lub bo'ldim, chunki men haqiqatan ham yutqazgan edim. Bu golf yoki boshqa narsa tufayli bo'lmadi. Men uch yil avval ham golf o'ynab, mutlaq jahon chempioni bo'lganman. SHunday ekan, bu sabab bo'la olmaydi", - deya javob bergan Alvares.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares so'nggi bor 8 may tongida Dmitriy Bivolga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Saul Alvaresning IBF kamariga majburiy davogar malum bo'lgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar