14 apr 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares kasalxonaga tushib qoldi, xatto operaciya ham qilindi
Meksikalik bokschi Saul “Kanelo” Alvares kasalxonaga tushib qoldi.
Bu malumotni Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi rasmiy vakillari ham tasdiqlashdi.
“Ha, Alvares kasalxonada va u jarrohlik stoliga ham yotishga ulgurdi. Lekin bu kosmetik operaciya bo'lib, bokschining hayotiga hech qanday xavf solmayapti. Boshqa hech qanday malumot bera olmaymiz”, — deyiladi kompaniya rasmiy bayonotida.
Ayni paytda Saul Alvares Gvadalaxara shahrida xususiy shifoxonalarning birida bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar