27 iyu 14:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Kovalyov yoki Smitga qarshi jang o'tkazishi mumkin
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Saul "Kanelo" Alvaresning navbatdagi jangi qachon o'tkaziladi?
Meksikalik bokschi sobiq jahon chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi uchinchi jangda ringga chiqmoqchi emas. Alvares sentyabr oyida boshqa vazn toifasida jang o'tkazish istagida. Saul ikkinchi o'rta vaznda WBA chempioni Kallum Smit yoki yarim og'ir vazn toifasida WBO chempioni Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko'tarilmoqchi bo'lmoqda.
Har qanday holatda ham Golovkinga qarshi trilogiya kelasi yilning may oyigacha o'tkazilmaydi. Kaneloning galdagi jangi 14 sentyabrga mo'ljallanmoqda. Golovkin esa hamon uchinchi jangdan umidini uzgani yo'q. Bu jangning o'tkazilishini DAZN ham xohlamoqda.
Havola :
Fikrlar