14 okt 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvares: Meksika va Lotin Amerika boksida birinchi bo'lmoqchiman!
Ikkinchi o'rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares IBF chempioni Kaleb Plantga qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Bu jang men uchun, biz uchun, Meksika uchun juda muhim. Men Meksika va Lotin Amerika bokschilari orasida birinchi mutlaq jahon chempioni bo'lgan bokschi bo'lmoqchiman! Bu juda muhim, tarix kitoblariga o'z ismini yozib qo'yishni istayman",-dedi Saul Alvares.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares va Kaleb Plant o'rtasidagi mutlaq jahon chempionligi uchun kechadigan bahs 6 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar