04 apr 17:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares: "Men doimo toza sportchi bo'lganman va shunday bo'lib qolaman"
Meksikalik bokschi Saul Alvares taqiqlangan moddalar istemol qilmaganini aytib o'tdi.
"Bo'lib o'tayotgan voqealardan shokdaman. Buning natijasida odamlarda menga nisbatan shubha uyg'onmoqda. Men doimo toza sportchi bo'lganman va bundan keyin ham shunday bo'lib qolaman. HBO, homiylar, OAV va ayniqsa muxlislardan kechirim so'ramoqchiman. Muxlislarga ularga pand bermasligimni aytishni istardim. Men sportni xurmat qilaman", - dedi Saul Alvares.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares va Gennadiy Golovkinlar o'rtasida 5 may kuni o'tkazilishi lozim bo'lgan jang "Kanelo"dan taqiqlangan modda topilgani sabab bekor qilindi.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar