03 fev 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Murata bilan kelisha olmadi, lekin...
To'rtta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares (53-1-2, 36 KO) o'zining navbatdagi jangini yaponiyalik bokschiga qarshi o'tkazishi kerak edi.
Ammo, meksikalik jahon bokschi va uning jamoasi o'rta vaznda WBA Regular chempioni, yaponiyalik Riota Murata (16-2, 13 KO) bilan jang shartlari bo'yicha kelisha olmadi. Aynan qaysi bandlar kelishuvga to'sqinlik qilgani haqida xabarlar yo'q.
ESPN bergan xabarga ko'ra, jang har qanday holatda ham avval belgilanganidek, 2 may kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Endi Kaneloning menejerlari boshqa davogar bokschilar - Kallum Smit va Billi Jo Sonders bilan muzokarani boshlashadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar