01 mar 14:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares raqibiga etti yarim million dollar taklif qildi
Ikkinchi yarim o'rta vazn toifasida WBO kamari sohibi Billi Jo Sonders Saul Alvares jamoasidan ajoyib taklif oldi.
“Kanelo”ning vakillari amerikalik bokschiga etti yarim million dollarlik kafolatlangan gonorar berishga tayyorlar. Aynan Jo Alvaresning navbatdagi raqibi bo'lishga asosiy davogar hisoblanadi.
Reja bo'yicha ushbu birlashtiruvchi chempionlik jangi 2 may kuni bo'lib o'tishi lozim.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar