09 may 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvaresning uzoq kutilgan jangi muddatidan oldin yakunlandi
Texas shtatidagi AT&T Stadium arenasida yirik boks oqshomi tashkil etildi.
Kechaning markaziy jangida supero'rta vaznning WBC va WBA yo'nalishi chempioni Saul Alvares WBO yo'nalishi g'olibi Billi Jo Sondersga qarshi jang qildi.
12 raundga mo'ljallangan jang sakkizinchi raunddan keyin yakunlandi. Unga ko'ra Saul Alvares texnik nokaut evaziga jangni o'z foydasiga hal qildi.
SHu tariqa, Saul endi uchta yo'nalishda jahon chempionligi kamarini qo'lga kiritdi.
Birozdan so'ng jang vaziyatlari telegramdagi kanalimizga yuklanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar