08 apr 09:14
Yangiliklar
Sayat Ilyasovni Turkiyadagi xalqaro turnirda o'zbekistonlik bokschi to'xtatib qoldi
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasining sobiq azosi Sayat Ilyasov 65 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etayotgani va uning yarim final bosqichidagi jangi hamyurtimiz Ilhomjon Ergashevga qarshi bo'lishi haqida xabar bergandik.
Bokschilar o'rtasidagi jangda Ergashevning qo'li baland keldi. Ilhomjon Sayat Ilyasovni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi.
Malumot uchun, Sayat Ilyasov — etnik qozoq bo'lib, avval O'zbekiston sharafini himoya qilgan. U terma jamoamiz safida 22 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Osiyo chempioniga aylangan, 2025 yilgi IBA jahon chempionatida ishtirok etgan. 2026 yil boshida rasman sport fuqaroligini o'zgartirgan Ilyasov hozirda Mang'istau viloyati va Qozog'iston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar