06 may 15:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Sen-Deni va Alvaresning UFC 315`dagi jangi bekor qilindi
Engil vazn toifasidagi sportchilar - franciyalik Benua Sen-Deni va Ispaniya vakili Yoel Alvares ishtirokidagi UFC 315 turniridan o'rin olgan jang bekor qilindi.
Bunga Alvaresning qo'lidan olgan jarohati sabab bo'ldi. Jangchining so'zlariga ko'ra, jarohat uch hafta davomida mashg'ulot o'tkazishga to'sqinlik qiladi. U oktagonga qaytishining taxminiy sanasini aytmagan. Sen-Deniga qarshi jang boshqa vaqtga ko'chiriladimi yoki Benua uchun yangi raqib topiladimi, hozircha malum emas.
UFC 315 11 may kuni Kanadaning Monreal shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar