29 apr 07:06
Yangiliklar

Sen-Per Xamzat CHimaev haqida gapirdi
"Menimcha, Xamzat uchun bu yaxshi jang bo'ldi. Unga avvalgi janglaridan so'ng shunday jang kerak edi. Bazida kutilmagan voqealar sodir bo'ladi. Va bu o'zini ko'rsatish uchun imkoniyatdir. Bu jang unga yaxshi saboq bo'ldi.
Biror kishi boshga zarba berganida xursand bo'lishi dargumon. Menga Xamzatning jangi yoqdi, lekin bu yaxshi taktika emas edi. U jangni o'zi uchun osonlashtira olardi. CHimaev janglarni nazorat qiladi, lekin yuqori darajadagi raqiblar bilan to'qnash kelganda bunday jang qila olmaysiz.
Jangga tayyorlanishingiz, reja tuzishingiz, raqibning kuchsiz jihatlarini o'rganishingiz kerak. Oktagonga kirganda har doim ham Byorns bilan bo'lganidek zarbalar almashinuvi bo'lavermaydi", - deya Sen-Perning so'zlarini keltiradi MMANews.
Fikrlar