23 iyu 19:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Sen-Perning murabbiyi Konor Makgregorga maslahat berdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Perning murabbiyi Firas Zaxabi UFC yulduzi Konor Makgregorga Dastin Pore bilan jangdan oldin maslahat berdi.
"Birinchidan, Konor ikkinchi jangda qabul qilgan oyoq zarbalarini analiz qilishi lozim. Ikkinchidan, Konor agressiya namoyish qilishi to'g'ri bo'lmaydi. U jangni ohista, bir tempda o'tkazishi zarur.
Dastinni nokaut qilish uchun Konorda 25 daqiqa bor. Boshqachasiga, Konor ochkolar hisobiga yutqazadi. Agar keragidan ortiq faollik ko'rsatsa va ochiq jangga kirishsa, unda nokaut bilan mag'lubiyatga uchraydi", - dedi Firas Zaxabi.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi uchinchi jang UFC 264 doirasida 10 iyul kuni o'tkaziladi. Bungacha jangchilar bittadan jangni o'z hisoblariga yozib qo'yishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar