03 fev 12:03
Yangiliklar
Tennis
Serena Uilyams faoliyatini tiklamoqchi emas
"Katta Dubulg'a"ning 23 karra chempioni Serena Uilyams tennisni sog'inayotgani haqidagi savolga javob qaytardi.
"Men kortga qarab engillik his qilaman. Endi ikki soat shug'ullanishim kerak emasligidan xursandman. Hammasidan ham menga turnirlardagi eski suratlarimga qarash qayg'uli: "Mana bu narsani men sog'inaman".
Qaytamanmi? Yo'q. Men tennisga deyarli butun hayotimni berdim. Endi esa o'zimni boshqa narsaga bag'ishlash vaqtim keldi. Otam menga "Serena, yana ikkita "Katta Dubulg'a"ni yut" deydi. Men esa unga, "qo'ysangizchi, dada" deb javob qaytaraman", - dedi Uilyams.
Havola :
Manba : People.com
Fikrlar