18 mar 13:10
Yangiliklar

Sergey Bogachuk: "Keyingi jangim uchun munosib raqib izlayapmiz, lekin hamma bizdan yashirinyapti"
— Bo'lajak jangingiz uchun nomzodlar bormi?
"Men so'nggi jangimda g'alaba qozondim va WBC kamari uchun rasmiy davogarga aylandim. Boshqa reytinglarda ham etakchilar qatoridaman. Lekin hozircha hech kim men bilan boks tushishni xohlamayapti. Menga chempionlik uchun kurashish imkoniyati berilmadi. Masalan, men Virjil Ortisdan revansh olmoqchiman. Ammo uning jamoasi kuchsizroq raqiblarni qidirmoqda, oson janglar o'tkazishni xohlaydi. Men amerikalik jahon chempioni Sebastyan Fundora bilan jang qilishni istardim, lekin u va jamoasi qandaydir tarzda bizdan oldinda. Aslida, Sebastyan bilan jang qilishimiz kerak edi, biroq unda muammolar bo'ldi. Biz navbatdagi jangga munosib raqib izlayapmiz, lekin hamma bizdan yashirinyapti", dedi Bogachuk.
Malumot uchun, Sergey Bogachuk 2024 yilning dekabr oyida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov bilan jang qilishi kerak edi, ammo hamyurtimizning sog'lig'idagi muammolar tufayli ushbu jang bekor bo'lgandi.
Fikrlar