24 dek 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Sergey Bogachuk keyingi jangini Isroil Madrimovga qarshi o'tkazishi mumkin
Ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk britaniyalik Ismael Devisni mag'lub etganidan xabaringiz bor.
Jangning oltinchi raundida Bogachuk texnik nokaut orqali raqibidan ustun keldi.
Mazkur jangning WBC kamari uchun final Eliminator sifatida tashkil etilgani malum bo'ldi. Bogachuk endilikda Sebastyan Fundora egalik qiladigan WBC kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi.
Biroq bu yo'nalishda Interim, yani vaqtinchalik kamar ham mavjud va u ayni damda amerikalik Verjil Ortisga tegishli. Ortis esa keyingi jangini 22 fevral kuni o'zbekistonlik WBA sobiq chempioni Isroil Madrimovga qarshi o'tkazadi.
Agarda Madrimov fevral oyida Ortisdan ustun kelib, WBC Interim kamariga ega chiqsa, Bogachukning keyingi raqibi aynan Isroil Madrimovga aylanishi mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar