So’nggi yangiliklar

16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0

22 fev 18:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Sergey Bogachuk Madrimov - Ortis jangiga taxminini aytdi

Birinchi o'rta vazn toifasida sobiq vaqtinchalik WBC chempioni Sergey Bogachuk bugun tunda o'tkaziladigan jangda kimning imkoniyati yuqori ekani haqida gapirdi.

Ukrainalik bokschi o'tgan yilning avgust oyida deyarli teng kechgan 12 raundlik jangda Virjil Ortisga hakamlarning qarori bilan ochkolar (113–113, 112–114, 112–114) hisobi bo'yicha yutqazib qo'ygandi. Dekabrda o'tkazilishi belgilangan Madrimov - Bogachuk jangi esa hamyurtimizning jarohati sabab bekor qilingandi. 

"O'ylashimcha, jangda Madrimov g'alaba qozonadi. U Ortisga qaraganda ancha kuchli bokschi. Uning havaskor boksdagi faoliyati ham muvaffaqiyatli chiqqan. Professional boksda ham zo'r odimlayapti. Isroil kuchli va aqlliroq. Virjilga qarshi jang o'tkazgan bokschi sifatida shuni aytishim mumkin, Ortisning jag'i zaif. Bekorga uni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'ymaganman. O'ylaymanki, Madrimov bu jangni ko'rib chiqqan va men aytayotgan kamchiliklariga etibor qaratgan. Isroil men kabi chap xuk va o'ng tomondan beriladigan zarbalarga tayansa, jangda aniq g'alabaga erishadi. 

Fikrimcha, Madrimov Ortisni jang davomida bir-ikki bor nokdaun holatiga tushirib, yakunda hakamlar qaroriga ko'ra raqibini mag'lubiyatga uchratadi. Nokaut ham bo'lishi mumkin. Buni ham inkor eta olmayman. Bu mening subektiv fiklarim. Men o'sha jangda Virjilning zarbalarini o'zimda his qilmagandim. Tana qismim yoki boshimga o'tkazib yuborgan zarbalar kuchsiz edi. Madrimovning zarbalari esa aksincha, juda kuchli. Agar u yaxshi poziciyadan aniq va kuchli zarba bera olsa, jangning muddatidan avval yakunlanish ehtimoli ham yo'q emas. 

Ortis — yaxshi bokschi, u bu menga qarshi jangda isbotladi. Nokdaun holatlaridan keyin o'ziga kelib, jangni davom ettira olishi mumkinligini ko'rsatdi. Unda xarakter bor. Bu Virjilning ijobiy jihatlari. Lekin Madrimov umumiy olganda baribir kuchliroq ko'rinyapti. Tajriba evaziga u jangda g'alaba qozonadi. Isroil juda aqlli bokschi", — deya Bogachukning so'zlarini keltiradi Boxingscene. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing