06 dek 10:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Sergey Bogachuk: "Madrimovning Virjil Ortis bilan jangi elon qilinishi - bu shunchaki hazil"
Ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk (24-2, 23 KO) bo'lajak raqibi, sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov (10-1-1, 7 KO)ga yangi jang tayinlanganiga munosabat bildirdi.
"Bu jang shunchaki hazil. Bu ish haqida Madrimov bilan jangimdan keyin ham gapiringlar. Men uchun bu jiddiy ish emas. Boksda janglarni bunday rejalashtirib bo'lmaydi, bu futbol yoki boshqa sport turi emas. Bitta jang hamma narsani o'zgartirishi, faoliyatingizni o'zgartirib yuborishi mumkin. Bu juda jiddiy sport. Siz jangda nima bo'lishini oldindan bilmaysiz", dedi Bogachuk.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar