02 fev 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Sergey Bogachuk: "Menimcha, Madrimov Ortisni mag'lub etadi va..."
Ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk WBC Interim chempioni Virjil Ortis va WBA sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov o'rtasidagi jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, bu juftlikda Madrimov g'olib bo'ladi va biz kelajakda u bilan ringga chiqamiz. Mening u bilan jangim bekor bo'lgan, Fundora bilan ham shunday holat. Bu juda noodatiy, ammo ishonamanki, biz hali ham ulardan biri bilan jang qilish imkoniyatiga egamiz", dedi Bogachuk.
Isroil Madrimovning Virjil Ortis bilan jangi 22 fevral kuni Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar