02 dek 09:29
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Antaliyada 1080-raketkaga yutqazdi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli odimlayotgan edi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi dastlabki ikki bosqichda raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, 1/4 finalga yo'l olgandi.
Afsuski, turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan Fomin yarim final ostonasida rossiyalik Maksim Jukovga 6/7(3), 0/6 hisoblarida yutqazib qo'ydi. Sergey ATP reytingida 730, Jukov esa 1080-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar