06 dek 11:36
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Antaliyada ikkinchi raketkani mag'lub etdi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ITF15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi birinchi davrada turnirning ikkinchi raketkasi sifatida harakat qilgan niderlandiyalik Maks Xuksni 6/4, 5/7, 6/1 hisoblarida mag'lub etishni uddaladi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 728, Xuks 355-o'rinni egallab turibdi. Tennischimizning 1/8 finaldagi raqibi bugun o'tkaziladigan Sergey Pogosyan (Rossiya) - Lucho Karnevalle (Argentina) uchrashuvida aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar