09 dek 07:12
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fominning Antaliyadagi yurishi davom etmoqda
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ITF15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi birinchi davrada turnirning ikkinchi raketkasi sifatida harakat qilgan niderlandiyalik Maks Xuksni 6/4, 5/7, 6/1 hisoblarida mag'lub etishni uddalagandi.
Fomin 1/8 finalda argentinalik Lucho Karnevallega hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/2, 6/1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bugun hamyurtimiz 1/4 finalda rossiyalik Denis Klokka qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 728, Karnevalle 1120, Klok esa 564-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar