22 sen 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Sergey Kovalyov: Alvaresga qarshi jang faoliyatimdagi eng muhimi!
Yarim og'ir vazn toifasida WBO chempioni Sergey Kovalyov o'rta vazn WBO, WBC kamarlari sohibi Saul Alvaresga qarshi jangi haqida fikr bildirdi.
“SHubhasiz, Saulga qarshi kechadigan bahsim faoliyatimdagi eng muhimi bo'ladi. “Kanelo” yosh, kuchli, tabiiyki, bu jang men uchun katta sinov. Bu bahsda mag'lublar bo'lmaydi. Sababi, mag'lub ham bu jangdan katta tajriba oladi”, - dedi Sergey.
Eslatib o'tamiz, meksikalik Saul “Kanelo“ Alvares hamda rossiyalik Sergey Kovalyov o'rtasidagi ikki vazn toifasi vakillarining chempionlik jangi 2 noyabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Jang Kovalyovga tegishli bo'lib turgan WBO kamari uchun kechadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar