22 jan 22:17
Yangiliklar

Sergey Kovalyov De La Xoyani sudga berdi
Malumotlariga ko'ra, rossiyalik sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) taniqli promouter Oskar De La Xoyyaning Golden Boy Promotions kompaniyasini sudga berdi.
2019 yilning noyabr oyida Kovalyov Saul Alvaresga nokaut evaziga yutqazib, WBO chempionlik kamarini boy bergandi. SHartnoma shartlariga ko'ra, Alvaresning sobiq promouteri Golden Boy rossiyalik uchun navbatdagi jangni o'tkazishi va faxriyning kafolatlangan badal puli - 2,5 million AQSH dollarini to'lab berishi kerak edi.
Kovalyovning 2020 yilning aprel oyida kubalik Sallivan Barrera bilan jang o'tkazishi taxmin qilingandi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli jang bekor qilindi. Kovolyovga 2021 yilning yanvarida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev bilan jang o'tkazish taklif qilindi, ammo Sergey doping-testdan o'ta olmaganligi tufayli bu jang ham amalga oshmadi.
Golden Boy kompaniyasi ushbu voqea shartnomani bekor qilish uchun etarli sabab deya qarorga keldi. Lekin bokschi va uning promouteri Keti Duva boshqacha fikrda - ular sudda o'zlarini himoya qilishga harakat qilyaptilar.
Fikrlar